08:20 Kuchli jins vakillari bilan qanchalik til topisha olasiz? | |
1. Agar erkak pulim yo`q, desa, demak… A) uning rostdan ham puli yo`q; B) unda siz uchun pul yo`q. 2. Agar ayol erkakni erkalab gapirsa, bu… A) uni sergaklantiradi; B) jig`iga tegadi. 3. Dadil gaplashadigan ayolni erkak xuddi… A) «o`zimizdan-da» deb; B) qo`pol deb qabul qiladi. 4. Agar erkak noqulay vaziyatga tushib qolsa, xohlaydiki... A) uni tinchlantirishlarini; B) atrofdagilar o`zlarini hech nima sezmaganday qilib ko`rsatishini. Javoblar «A» javobi ko`proq bo`lsa: siz o`z logikangizga moyilsiz. Sevgilingizning aytgani va qilganini yaxshi tushunish uchun unga e`tiborliroq bo`ling. «B» javobi ko`p bo`lsa: yoki sizning erkaklar bilan muomala bobida tajribangiz katta yoki fe`l-atvoringiz erkaklarnikiga o`xshash. Kuchli jins vakillarining siz bilan til topishishlari oson.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|