Главная » 2022 » Сентябрь » 28 » Apple iPhone 14 ishlab chiqarishni ko‘paytirmaslikka qaror qildi
19:29

Apple iPhone 14 ishlab chiqarishni ko‘paytirmaslikka qaror qildi


Apple kompaniyasi talab pastligi sababli, iPhone 14 smartfonlari ishlab chiqarishni ko‘paytirmaslikka qaror qildi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kompaniya butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarni joriy yilning ikkinchi yarmida iPhone 14 smartfonlari ishlab chiqarishni 6 million donaga ko‘paytirmaslik haqida ogohlantirgan. Yil oxirigacha kompaniya 90 million dona qurilmani chiqarish niyatida, bu o‘tgan yilgi bilan deyarli bir xil.

“Bloomberg” maʼlumotlariga ko‘ra, Xitoy smartfon bozorida iPhone 14 sotuvga chiqarilganidan keyingi dastlabki uch kun ichida o‘tgan yilgi iPhone 13'dan 11 foizga kam xarid qilingan.

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, jahon smartfon bozori joriy yilda 6,5 foizga qisqarib, 1,27 milliard donani tashkil etishi kutilmoqda.

Maʼlumot o‘rnida, 1976 yilda asos solingan Apple iPhone, iPad, iMac, Macbook va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Korporatsiya dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir. 

Qayd etish kerakki, Hindiston Xitoydan keyin ikkinchi yirik smartfon bozori hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple kompaniyasi iPhone 14 smartfonini Hindistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida qaror qabul qilgan edi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Telefon uchun | | Теги: chiqarishni, qaror, Apple, qildi, ishlab, ko‘paytirmaslikka, 14, iPhone | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz