16:54 iPhone 14 smartfoni yana bir mamlakatda ishlab chiqarilishi kutilmoqda | |
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya vakillari Hindistonda iPhone’ning yangi modelini ishlab chiqarish bo‘yicha “taʼminotchilar bilan quvvatni oshirish ustida ishlamoqda”. Apple uzoq vaqtdan beri o‘zining iPhone smartfonlarining ko‘p qismini Xitoyda ishlab chiqarmoqda, ammo endi u muqobil variantlarni qidirmoqda. Bunga AQSH va Xitoy hukumatlari o‘rtasidagi munosabatlarning murakkablashishi, shuningdek, mamlakatning ayrim hududlarida koronavirus bilan bog‘liq cheklov choralarining kiritilishi munosabati bilan Xitoyda iqtisodiy faoliyatning uzilish xavfi ortishi sabab bo‘ldi. TF International Securities yetakchi tahlilchisining fikricha, yangi smartfon modelining Hindiston va Xitoydan bir vaqtning o‘zida yetkazib berilishi Apple’ga taʼminot zanjirlarini diversifikatsiya qilish va zaxira quvvatlarni yaratish imkonini beradi. Eslatib o‘tamiz, yangi iPhone 14 smartfonlarining taqdimoti joriy yilning 7 sentabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Savdolarning boshlanishi 16 sentyabrga belgilangan. 1976 yilda asos solingan Apple iPhone, iPad, iMac, MacBook va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqaradi. U dunyodagi eng yirik korporatsiyalardan biridir.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|