19:42 Apple o‘z rahbarlarining mukofot pullari hajmini qisqartirdi | |
AQShda Apple kompaniyasi o‘tgan yil davomida o‘zining bosh direktori Tim Kukning mukofot pullari hajmini qisqartirdi, deb yozadi “TASS”. Korporativ hisobotlarga ko‘ra, korporatsiya rahbarini firma tomonidan rejali ko‘rsatkichlar bajarilmagani uchun jazolashgan. Apple ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya bir yilda 215,6 milliard dollarlik mahsulotlarni sotgan, bu rejalashtirilgan 223,6 milliard dollardan 3,7 foizga kam demakdir. Ishlab chiqarish daromadi esa 60 milliard dollarga teng bo‘ldi va 60,3 milliard dollarlik mo‘ljalga 0,5 foiz yetmadi. Natijada butun oliy rahbariyat tarkibining mukofot pullari hajmi rejalashtirilganidan 89,5 foizgacha qisqartirildi. Xususan, 2016-yil yakunlariga ko‘ra, Kuk 8,75 million dollar oldi, 2015-yilda — bonuslar to‘liq hajmda to‘langan vaqtda esa u 10,28 million dollar olgan edi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|