20:59 AQShda tayyorlanayotgan vaksina haqidagi ma’lumotlarni Xitoy o‘g‘irlashga urinmoqdami? | |
Uning ta’kidlashicha, Xitoy xakerlari koronavirusga qarshi tayyorlanayotgan vaksina haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashga urinayotgani Vashington tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda. «Hech qanday yangi narsa yo‘q. Siz menga, ular bizni sindirishga urinmoqda, deyishingiz mumkin. Men esa: hammasi avvalgidek, hech qanday yangilik yo‘q, deyman», — dedi Tramp. Biroz vaqt muqaddam Federal qidiruv byurosi va AQSh milliy xavfsizlik departamenti xitoylik xakerlar vaksina haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashga urinayotganidan shubhalangani xabar qilingan edi. Oxirgi vaqtlarda AQSh tomoni Xitoyga keskin ayblovlar qo‘ymoqda. Xususan, Donald Tramp Pekinni o‘z vaqtida koronavirusdan butun dunyoni ogohlantirmaslikda ayblab kelmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|