16:49 Rossiyada maymunchechak kasalligiga qarshi vaksina yaratildi | |
Rossiyaning Federal tibbiy-biologik agentligi (FMBA) maymunchechagi infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqdi. Ayni paytda yangi preparat klinik sinovdan o‘tkazilmoqda. Agentlik rahbari Veronika Skvorsovaning ma’lum qilishicha, dastlabki tadqiqotlar mazkur vaksina yuqori samaradorlik va immunogenlikka ega. Eng muhimi, u xavfsiz bo‘lib, nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarmaydi. Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda mazkur virus shiddat bilan tarqalmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda maymunchechagi infeksiyasi tasdiqlangan bemorlar soni 52 ming nafardan oshgan. Kasallikdan AQSH va Yevropa aholisi eng ko‘p aziyat chekmoqda. Xususan, Qo‘shma Shtatlar bu ro‘yxatda peshqadam. Mamlakatda maymun chechagini yuqtirganlar soni qariyb 19,3 ming nafarni tashkil etganligi aytilgan. Keyingi o‘rinda 6,6 mingta holat bilan Ispaniya bormoqda. Shuningdek, Braziliyada 5,1 ming, Fransiyada 3,6 ming, Germaniyada 3,4 ming va Buyuk Britaniyada 3,2 ming nafar kishiga mazkur xastalik tashxisi qo‘yilgan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|