17:49 Koronavirus: Rossiyada vaksina qachon tayyor bo‘lishi aytildi | |
Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina yil oxirigacha tayyor bo‘ladi, kuz oxirigacha esa ko‘ngillilarda sinovlar o‘tkaziladi, dedi Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining ftiziopulmologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy markazi direktorining o‘rinbosari Vladimir Chulanov. "Ishonchim komilki, (yil oxirigacha emlash boshlanadi). Hozirgi vaqtda vaksina ishlab chiqarishda katta tajribaga ega bo‘lgan bir qator yetakchi institutlarda juda faol ish olib borilmoqda.Bittadan ko‘proq vaksina prototipi bo‘lishi mumkin, bu vaqtgacha asosiy laboratoriya sinovlari va, ehtimol, ko‘ngillilar ustida ham tadqiqotlar olib borilishi mumkin", — dedi Chulanov jurnalistlarga. Uning ta’kidlashicha, har qanday virus yuqori mutasion darajasi bilan ajralib turadi, ammo bu virus butunlay o‘zgartirilgan degani emas: qoida tariqasida uning asosiy oqsillari deyarli o‘zgarmaydi, shuning uchun hozirgi vaqtda ishlab chiqilayotgan vaksinalar ma’lum vaqtdan keyin o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|