20:42 Rossiyada chiqarilgan vaksina qancha vaqtgacha virusdan himoya qilishi aytildi | |
Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina biror tanaga yuborilgandan keyin o‘z kuchini ikki yilgacha saqlab qoladi. Bu haqda Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazi rahbari Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi.
11 avgust kuni Rossiya koronavirusga qarshi ilk vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Rossiyadagi koronavirusga qarshi ilk vaksina “Sputnik V” deb nomlangan. Vaksinaga navbatda turgan davlatlar qatorida Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Osiyo davlatlari bor. Rossiyaga 20 davlatdan koronavirus vaksinasiga 1 mlrd doza uchun buyurtma tushgan. Ginsburg so‘zida davom etarkan, boshqa mamlakatlardan bo‘layotgani tanqidiy munosabatlarga ham to‘xtaldi.
Qayd etilishicha, to‘liq xavfsizlik bo‘lgan ikki komponentli ushbu vaksinalar tayyorlash bo‘yicha xavfsizlik normalariga va barcha qonunlarga rioya qilingan holda tayyorlangan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|