16:53 Koronavirusga qarshi vaksina odamlarda sinala boshladi | |
Germaniyada koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda test qilish boshlandi. Bu haqda PEI vaksina va biotibbiy preparatlar Federal instituti (Paul Erlix instituti) ma’lumotlariga tayanib «The Independent» xabar bergan. Ilmiy muassasa COVID-19 qarshi preparatni klinik sinovdan o‘tkazishga ilk bor ruxsat berdi. Ma’lum qilinishicha, sinovdagi vaksinani «Biontech» kompaniyasi ishlab chiqargan bo‘lib, u nazorat organlari ruxsati bilan dorini ko‘ngillilarda tekshirib ko‘rishga kirishishi mumkin. Paul Erlix instituti ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassislar preparatning foydasi va yashirin xavflarini baholashgan. Xabarlarga ko‘ra, vaksinaning test namunalari 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 200 nafar sog‘lom insonda sinab ko‘riladi. Olimlar preparatning odam immun tizimiga ta’sirini baholash uchun uning bir qancha turlarini sinovdan o‘tkazishadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|