18:05 Koronavirusga qarshi ilk vaksina kashf etildi | |
Italiyalik tadqiqotchilar sichqonlarda vaksinani sinab ko‘rishdi, shundan so‘ng kemiruvchining organizmi antitanalarni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu antitanalar inson hujayralarida koronavirus bilan kurashishga qodir. Bu “Daily Mail” nashri yozmoqda. Ushbu vaksinani ishlab chiqqan olimlar kuzda uni odamlarda sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda. Olimlar bu vaksinani birinchi bo‘lib ixtiro qilgani va u halokatli virusni zararsizlantirganini namoyish etdi. Nashrning xabar berishicha, Italiyadagi ushbu vaksinaga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda eng istiqbolli, deb qaralmoqda. Eslatib o‘tamiz, AQSHda koronavirus ustida tadqiqot o‘tkazgan olimlardan biri bilan fojia yuz berdi. U o‘z uyida o‘lik holda topildi. Olimning tanasidan o‘q otar qurolning o‘qlari topilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan gumon qilingan qotil ham topilgan. U ham otib ketilgan edi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|