12:40 Mbappe murabbiyning qaroriga qaramasdan Tunisga qarshi oʻyinda maydonga tushmoqchi | |
Kilian Mbappe tanaffus uchun Fransiyaning Tunisga qarshi bahsini oʻtkazib yubormoqchi emas. LʼÉquipe xabariga koʻra, rejalashtirilgan rotatsiyaga qaramay, 23-yoshli hujumchi dam olishdan koʻra maydonga tushishni afzal koʻradi. Fransiya terma jamoasining Tunis bilan oʻyinida Daniya bilan oʻyinda dastlabki daqiqalardanoq harakat qilgan futbolchilardan 6 tagacha almashtirish boʻlishi kutilmoqda. Xususan, Eduardo Kamavinga chap qanot himoyachisi sifatida oʻynay oladi. Luka Ernandes jarohatidan soʻng, Fransiyada himoyaning chap qanotida oʻynay oladigan birgina futbolchi qoldi — Teo Ernandes. Didye Desham “Milan” futbolchisi jarohat olgan taqdirda, Kamavingani shu pozitsiyada sinab koʻrmoqchi. Eslatib oʻtish mumkin, Fransiya terma jamoasi guruh bosqichining ikki turi yakunlariga koʻra JCh-2022 1/8 finaliga yoʻllanmani kafolatlagan edi. Maʼlumot oʻrnida, Ushbu jahon chempionatida Mbappe 2 ta oʻyinda 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Qayd etish mumkin, Fransiya va Tunis oʻrtasidagi oʻyin 30-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00da boʻlib oʻtadi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|