15:16 AQSH Turkiyaning Suriya va Iroqdagi harbiy harakatlariga qarshi chiqdi | |
"Qo‘shma Shtatlar Suriya va Turkiyada tinch aholi halok bo‘lgani uchun samimiy hamdardlik bildiradi. Biz tinch aholini himoya qilish va ISHID ustidan g‘alaba qozonishdek umumiy maqsadni qo‘llab-quvvatlash uchun Suriyada vaziyatni yumshatishga chaqiramiz. Biz Iroqda bu davlat suverenitetini buzadigan har qanday muvofiqlashtirilmagan harbiy harakatlarga qarshi turishda davom etamiz”, deydi diplomat. Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha, 21 noyabr kuni respublika Qurolli kuchlari Suriya va Iroqdagi “Panjali qilich” amaliyotida ikki kun ichida 184 nafar terrorchi zararsizlantirganini maʼlum qildi. Turkiya harbiy-havo kuchlarining “Panjali qilich” operatsiyasi 50 dan ortiq samolyot va 20 ta dron ishtirokida amalga oshirildi. Yerdan havo yordami artilleriya tomonidan taʼminlandi. Zarbalar Kirdiston ishchilar partiyasi (KIP) va uning Suriyadagi bo‘linmasi Turkiyada taqiqlangan “Xalq o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari”ning bazalariga berilgan. Turkiya Mudofaa vazirligi Iroq shimolidagi Qandil, Asos, Xakurk hududlari bilan bir qatorda Suriya shimolidagi Arap-Pinari, Tell Rifat, Jizre va Derik hududlarida operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilganini maʼlum qildi. Turkiya matbuoti xabariga ko‘ra, Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyotlari 21 noyabr kuni Turkiya chegara shaharlari Damashq tomonidan o‘qqa tutilganidan so‘ng Suriya hududlariga zarba berishni davom ettirgan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|