Главная » 2018 » Апрель » 12 » AQSh O‘zbekistonga saratonga qarshi dorilarni bepul berdi
10:32

AQSh O‘zbekistonga saratonga qarshi dorilarni bepul berdi


Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen kecha, 11 aprel kuni kattalarda miya saratonini davolashda qo‘llaniluvchi “Temodar” (Temodar) dorisining AQShdan O‘zbekistonga keltirilganini e’lon qildi.

Umumiy qiymati 2,9 million dollar bo‘lgan ushbu dori AQShning Nyu-Jersi shtati Keniluors shahrida ishlab chiqarilib, u “Merck Sharp & Dohme” farmasevtika kompaniyasi tomonidan beg‘araz yordam sifatida taqdim etildi. AQShda tashkil etilgan “Project HOPE” xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti mazkur dorini AQShdan O‘zbekistonga bepul yetkazib berilishini ta’minladi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan dori vositalarini topshirish marosimida elchi Spratlen xonim bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliev hamda “Project HOPE” tashkilotining Yevropa va Yevrosiyo bo‘yicha Mintaqaviy direktori Mariam Sianozova ham ishtirok etdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) 1992 yildan buyon O‘zbekistonga 356 million dollardan ortiq yordam ko‘rsatgan. 1991 yildan beri “Project Hope” tashkiloti AQSh farmasevtika va tibbiyot tashkilotlari tomonidan xayriya tarzida taqdim etilgan jami miqdori 106 million dollarga teng dori-darmon va tibbiyot vositalarini yetkazib berdi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: saraton, qarshi, bepul berdi, O‘zbekiston, AQSH, dorilar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz