13:55 AQSh IShID mag‘lub bo‘lgach Suriyada qolmoqchi emas | |
AQSh IShID yakson etilgach Suriyada qolishni rejalashtirmayapti. Bu haqda AQSh davlat departamenti rahbari Xezer Nauertning bayonotiga tayanib, “TASS” xabar berdi. “Xoh Suriya bo‘lsin, xoh Iroq, bizning maqsadimiz — IShIDni yakson qilish, boshqa narsa emas. Biz Suriyani suriyaliklar boshqarishini xohlaymiz. AQSh yoki boshqa kuchlar emas, balki suriyaliklar”, — degan departament rahbari “Bu bizning rejamiz emas (Suriyada qolish). Bizning maqsadimiz — IShIDni yakson qilish” — deya javob berdi Nauert shu masalada jurnalist tomonidan berilgan savolga. 17-avgust, payshanba kuni AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan va Damashqqa muxolifat bo‘lgan “Demokratik Suriya kuchlari” amerika harbiylari IShID yakson etilgach mamlakat shimolida uzoq vaqt qolishini ma’lum qilgan. “Demokratik Suriya kuchlari”ning rasmiy vakili aytishicha, AQShning mintaqada “strategik manfaatlari” bor va shuning harbiylar u yerda qoladi. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|