12:23 AQSh va Evropa Ittifoqi Xitoydan tovon to'lashni talab qildi | |
Sammit doirasida 200 ga yaqin davlatdan kelgan muzokarachilar iqlim o‘zgarishidan jabr ko‘rgan qashshoq mamlakatlarga kompensatsiya to‘lash bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Shartnomaga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va AQShning asosiy talabi Xitoy va boshqa “katta ifloslantiruvchi davlatlar”ni jamg‘armaga imkon qadar ko‘proq hissa qo‘shishga majbur qilishdan iborat. Qayd etilishicha, jamg‘arma faoliyatiga oid tafsilotlar hozircha maʼlum qilinmagan. Ammo bu fond rivojlangan mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari kabi xususiy hamda davlat manbalari hissalari hisobiga tuzilishi aytilmoqda. Jamg‘arma birinchi navbatda eng zaif mamlakatlarga yordam berishga qaratilgan bo‘lsa-da, iqlim ofatlaridan jiddiy zarar ko‘rgan o‘rtacha daromadli mamlakatlar ham ko‘mak olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xabarda keltirilishicha, shartnoma tafsilotlari 2023 yilda Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkaziladigan iqlim konferensiyasining asosiy mavzusi bo‘lishi mumkin. Hozirgacha faqat bir nechta davlat katta to‘lov majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|