10:54 “Bunyodkor” 18 yoshli futbolchisi uchun rus klubidan $1 mln talab qildi | |
Manbaga koʼra, “Rubin” oʼzbekistonlik 18 yoshli futbolchi Umarali Rahmonalievni oʼz safiga qoʼshib olishga jiddiy harakat qilmoqda. Biroq Qozon klubi muammoga duch kelgan. Negaki “Bunyodkor” futbolchisi uchun bir million dollar talab qilmoqda. Qozonliklar Umarali uchun bunchalik katta mablagʼni toʼlash niyatida emas. Qayd etilishicha, Rahmonalievning oʼzi ham “Rubin”ga oʼtishni istayapti. Uning “Bunyodkor” bilan shartnomasi yil oxirida yakuniga etadi. Аgar klub Umaralining "Rubin"ga oʼtishiga qarshi chiqsa, u shartnomani bir tomonlama bekor qilib, erkin agent sifatida Qozon klubiga oʼtishga tayyor. Maʼlumot uchun, joriy mavsumda Rahmonaliev “Bunyodkor” safida 13 ta oʼyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. “Transfermarkt” portali 18 yoshli yarim himoyachining narxini 200 ming yevroga baholamoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|