17:37 Kim Chen Inning singlisi AQSHga tahdid qildi | |
"[Shimoliy Koreya] Tinch okeanidan sinov maydoni sifatida foydalanish chastotasi AQSH harbiylari harakatlarining tabiatiga bog‘liq", dedi Kim Yo Chjon. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Koreya yarim oroli hududida “AQSH qurolli kuchlarining strategik zarba berish aktivlari harakatidan” xabardor, Pxenyan buning KXDR xavfsizligiga ta’sirini sinchiklab o‘rganmoqda. Kim Yo Chjon "agar bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita tahdid sifatida ko‘rilsa, KXDR tegishli choralar ko‘rishi" haqida ogohlantirdi. 20 fevral kuni Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Shimoliy Koreyadan ikkita ballistik raketa uchirilgani haqida ogohlantirish berdi. Shuningdek, Kim Yo Chjon Shimoliy Koreyaning qit’alararo ballistik raketalari Seulga yuborilmasligini, chunki Pxenyan Janubiy Koreya bilan muomala qilish niyatida emasligini aytgandi. Shu bilan birga, Kim Yo Chjonning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya o‘zining “o‘ylamasdan qilgan harakatlari” oqibatlari haqida fikrlashi kerak.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|