13:15 Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyaga tahdid qildi | |
“Agar dushman virusning respublikamizga kirib kelishini qo‘zg‘atuvchi xavfli harakatlarni davom ettirsa, biz bunga nafaqat virusni yo‘q qilish, balki Janubiy Koreya rasmiylarini ham yo‘q qilish bilan javob beramiz”, degan Kim YO Chjon. Qayd etish kerakki, kecha, 10 avgust kuni KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatda koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini “tantanali ravishda eʼlon qildi”. May oyida u KXDRda koronavirus tufayli “to‘satdan” favqulodda vaziyat yuzaga kelganini aytib, hukumatga kasallik tarqalishini to‘xtatish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishni buyurgandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|