Главная » 2017 » Апрель » 6 » Asal Shodiyevaning singlisi opasi uning hayotini saqlab qolgani haqida so‘zlab berdi
18:57

Asal Shodiyevaning singlisi opasi uning hayotini saqlab qolgani haqida so‘zlab berdi


Latofatli aktrisa Asal Shodiyeva bugun tavallud ayyomini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan aktrisaning do‘stlari, yaqinlari va oila a’zolari Asalni tug‘ilgan kuni bilan tabriklamoqda.

Jumladan uning singlisi Robiya Shodiyeva Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali opasiga atalgan samimiy dil izhorini yozib qoldirdi.

“O‘tmishga nazar tashlab, siz bilan o‘tgan bolaligim(U haqiqatdan ham bo‘lgan)ni tabassum bilan yodga olaman.

Kun bo‘yi ko‘chada o‘ynaganlarimiz, do‘stlarimiz bilan kartoshka qovurganimiz, sayrga chiqqanlarimiz yodimda. Onam esa biz biroz bo‘lsa ham uyda o‘tirishimiz uchun bizga kuchukchalar, quyonchalar, baliqchalar va hatto jo‘jachalar sovha qilardilar. Har yili lagerdagi sarguzashtlarimiz-chi, bir safar cho‘kib ketishimga bir bahya qolganida siz meni qutqarib qolgansiz. Biz har doim ota-onamiz oldida bir-birimizning ayblarimizni yashirardik. Uyda ko‘p gilos bo‘lishiga qaramay, yangi ko‘ylak kiyib, qo‘shnimiznikiga gilos o‘g‘irlagani borganimiz yodimda.

Men bolaligimdan akam bo‘lishini orzu qilardim. Siz har doim menga akam o‘rnini bosgansiz. Siz har doim tarafimni olar va meni himoya qilar edingiz. Mendan bir yoshgina katta bo‘lsangiz ham hamma sizdan qo‘rqardi. Siz o‘sha vaqtlarda cho‘qintirgan ota edingiz. Bugun har birimizning o‘z oilalarimiz bor. Siz haqiqiy go‘zallik timsoli, latofatli kelinchak va g‘amxo‘r rafiqva bo‘ldingiz. Men siz va sizni ko‘z qorachig‘idek asrovchi turmush o‘rtog‘ingiz uchun juda ham baxtliman.

Men sening eng yaxshi talqiningni bilmayman, biroq eng yaxshisiga muntazam intilish meni ilhomlantiradi. Sen-mening yagonamsan, Sen-chunki sendan yaqinrog‘im yo‘q, Siz-chunki Sizga bo‘lgan hurmatim cheksiz. Tug‘ilgan kuningiz bilan!”,—deb yozadi Robiya Shodiyeva.

Eslatib o‘tamiz, Robiya bir vaqtlar “Bojalar” guruhining a’zosi bo‘lgan Shahzod ismli yigitga turmushga chiqqan. Ularning Amir ismli o‘g‘il farzandlari bor.

Robiya o‘z tabrigida Asal Shodiyeva uning o‘g‘li Amirni ko‘rishga deyarli har kuni kelishi, o‘z navbatida uning o‘g‘li Amir ham xolasini ko‘rganida unga talpinishini ham bayon qilgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Asal Shodiyeva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz