12:58 Asal Shodiyeva o‘zi ishtirokidagi qaysi filmlarni sevib tomosha qilishini aytdi | |
Ona bo‘lish arafasida turgan aktrisa Asal Shodiyeva "Instagram"dagi Stories orqali muxlislarining savollariga javob berdi. Xususan, u o‘zi suratga tushgan qaysi filmlarni sevib tomosha qilishi haqida aytdi. Asalning aytishicha, o‘zi ishtirokidagi «Janob hech kim», «Hay hay qizaloq» hamda «Islomxo‘ja» filmlarini qayta-qayta tomosha qiladi. Aktrisaning muxlislaridan biri «Aytishlaricha, siz EKO yordamida homilador bo‘lgan ekansiz, shu rostmi?» — deya savol berdi. «Yo‘q, bu noto‘g‘ri ma’lumot, men homiladorlik paytida hatto vitaminlar ham ichganim yo‘q», — deydi aktrisa. Shuningdek, u sun’iy urug‘lantirish orqali homilador bo‘lishga qarshi emasligini ham bildirdi. «Sizni qachon kinolarda ko‘ramiz?» degan savolga u «Yangi serialda ko‘rishingiz mumkin», deb javob berdi. Asalning yozishicha, homiladorlik davrida uning qo‘l va oyoqlarida shish kuzatilmoqda. «Shuning uchun na’matak damlamasini ichyapman», — deydi Asal. «Karantin tamoman tugaganidan keyin nima qilasiz?» deb so‘radi aktrisadan muxlisi. «Bolalar xonasiga ko‘chib o‘taman va tagliklarda cho‘milaman», — dedi Asal Shodiyeva. Avvalroq aktrisa baxti va orzusi haqida aytib o'tgan edi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|