11:58 Ashraf G‘ani «o‘g‘irlangan pullar»ga izoh berdi | |
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani uning Kobuldan katta miqdordagi pullar bilan qochib ketganli haqidagi mish-mishlar asossiz ekanligini ma’lum qildi. «Men Kobuldan pul o‘g‘irlab ketganim haqidagi da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», — dedi Ashraf G‘ani «Facebook»dagi sahifasida joylashtirilgan videomurojaatida. Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zoxir Akbar chorshanba kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ashraf G‘ani g‘aznadan 169 million dollarni o‘g‘irlab ketgan, deb bayonot bergan edi. U G‘anining qochishini «davlatga va millatga hiyonat», deya atagandi. Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Ashraf G‘ani hozirda qaysi davlatda ekani ma’lum bo‘lgandi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|