17:07 Baliq marinadlashning 4 usuli | |
1. 1 kg.baliq, bitta piyoz, 3 osh qoshiq olma sirkasi, 1 osh qoshiq tuz, 1 stakan suv. Bo‘laklangan baliqni chuqurroq idishga soling. Ustidan xalqa shaklda to‘g‘ralgan piyozni joylang. Stakandagi suvga tuz va olma sirkasini aralashtirib, baliq ustidan quying. So‘ng sellofan bilan o‘rang-da, 12 soatga muzlatgichga qo‘ying. 2. 2 kg.baliq, bittadan piyoz va sabzi, 5 dona qora murch, 1 osh qoshiq tuz, 2 choy qoshiq shakar, 2 dona dafna bargi, 2 choy qoshiq sirka, shivit. 2 stakan suvga shakar, tuz, murch donasi hamda dafna bargini solib, qaynatib oling. Piyoz va sabzini dumaloq xalqa shaklida kesing. To‘g‘ralgan baliq ustidan piyoz,sabzi va maydalangan shivitni joylab, qaynatmani quying. So‘ng sirkadan seping-da, bir kunga qoldiring. 3. 2 kg.baliq, yarim bog‘dan kashnich va shivit. Sousi uchun: yarim stakan o‘simlik yog‘i, 2 choy qoshiq sirka, 1 choy qoshiq xantal aralashmasi, 1 choy qoshiqdan tuz va shakar. O‘simlik yog‘iga qolgan barcha masalliqlarni aralashtiring. Chuqurroq idishga bo‘laklangan baliqning bir qismini solib, ustidan to‘g‘ralgan ko‘katlar hamda sousdan quying. Shu ketma-ketlikda qolgan baliqni ham joylab olasiz. Marinadlangan baliq 4 soat muzlatgichga turishi kerak. 4. 1,5 kg.baliq, 2 bo‘lak sarimsoq, yarim bog‘ shivit, bitta limon sharbati, 1 osh qoshiq tuz. Bo‘laklarga ajratilgan baliqni patnisga tering. Ustiga to‘g‘ralgan shivit, ezg‘ilangan sarimsoq, tuz va limon sharbatini quyib chiqing. Shu holicha sellofanga o‘rang-da, 2 soatga muzlatgichga qo‘ying.
BILIB QO‘YGAN YaXShI Agar laxm baliq qirsillama po‘stli bo‘lishini istasangiz, qovurayotganda unga bilab oling. Yumshoq pishishi uchun esa 2 dona tuxumga, 2 osh qoshiq un va tuzni aralashtirib, unli masalliqqa baliq bo‘laklarini bilab, qovurishingiz mumkin. Qovurilgan baliqni quruq qozonga terib, ustidan pomidor sharbati va to‘g‘ralgan ko‘katlarni solsangiz, sousi o‘zidan chiqadi. Bu ham juda mazali bo‘ladi. Yuqoridagi marinadlash usullaridan biridan foydalanib baliqni zar qog‘ozga o‘rang-da, qizdirilgan gaz pechida pishirib oling. Bu tariqa parhezbop yegulikka ega bo‘lasiz.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|