22:21 Ballak 18 yoshli o‘g‘lidan ayrildi | |
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchi Mixael Ballak to‘ng‘ich o‘g‘lidan ayrildi. Uning 18 yoshli farzandi Emilio bugun, 5 avgust kuni kvadrotsiklda halokatga uchrab, vafot etdi. Voqea futbolchining Portugaliyadagi uyi yaqinida ro‘y bergan. Germaniyalik futbolchi faoliyati davomida «Kayzerslautern», «Bayer», «Bavariya», «Chelsi» kabi klublar hamda Germaniya terma jamoasida to‘p surgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|