11:21 Ilon Maskning otasi o‘g‘lidan faxrlanmasligini aytdi | |
Errol Mask sayyoradagi eng boy odam bo‘lgan o‘g‘li bilan faxrlanadimi, degan mazmundagi savolga “Yo‘q” deya salbiy javob bergan. Bilasizmi, oilamiz har doim turli ishlar bilan band bo‘lgan. Bu degani biz to‘satdan va hech qanday sababsiz muvaffaqiyatga erishib boyib ketmaganmiz, — deydi milliarderning otasi.Errol Maskning so‘zlariga ko‘ra, uning to‘ng‘ich o‘g‘li Ilon “o‘zi xohlaganchalik baxtli emas”, “chunki o‘zini doim rejalaridan ortda qolgandek his qiladi”. “Ya’ni u hozir qayerda bo‘lsa, besh yil oldinroq o‘sha yerda bo‘lishni xohlagan. Ilonning taraqqiyot yo‘lidan hafsalasi pir bo‘ldi”, — deb tushuntiradi oila boshlig‘i.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarni aylanib chiqqan Errol Ilonning Mikonosdagi ta’tilida tushgan suratlarini ko‘rib, o‘g‘lining diyetaga o‘tish vaqti kelganini eslatib o‘tdi. Yana “Ilon juda kuchli tanaga ega, lekin u yaxshi ovqatlanmaydi”, deya qo‘shimcha qilgan u. Mavzuga doir: Ilon Mask uni sudga bergan Twitter kompaniyasiga qarshi da’vo kiritdi
Manba: "qalampir.uz"
| |
|