18:11 Makron Ilon Mask bilan uchrashdi | |
Fransiya prezidenti Emmanuel Makaronning xabar berishicha, juma kuni u amerikalik tadbirkor va milliarder elon Mask bilan uchrashgan, tomonlar elektr transport vositalari va batareyalar ishlab chiqarishni, shuningdek, bolalarni internetda himoya qilishni muhokama qilishgan. “Bugun tushdan keyin men Ilon Mask bilan uchrashdim va biz aniq va halol munozara qildik. Fransiya va Yevropani karbonsizlashtirish va qayta sanoatlashtirish bo‘yicha ambitsiyalarimizga muvofiq, Ilon Mask bilan biz elektr transport vositalari va batareyalar ishlab chiqarish kabi kelajakdagi yashil sanoat loyihalari to‘g‘risida fikr almashdik”, deb yozdi Makron o‘zining Twitter sahifasida. Makronning so‘zlariga ko‘ra, Twitter kompaniyasi bilan hamkorlik “bolalarning onlayn himoyasini yaxshilash uchun” davom etadi. “Ilon Mask bugun buni tasdiqladi”, deya qo‘shimcha qilgan prezident. Fransiya prezidenti 29-noyabrdan 2-dekabrgacha AQShga rasmiy tashrif buyurdi. Payshanba kuni u oq uyda amerikalik rahbar Jo Bayden bilan muzokaralar olib brogan.
Manba: "Xabardor.uz"
| |
|