19:37 Ilon Mask yangi brend yaratdi | |
SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask yangi brend yaratdi. Bu safar u parfyumeriya ishlab chiqarishga qaror qildi. Tadbirkor o‘zining Twitterida allaqachon shishaning fotosuratini taqdim etdi. Yangi ishlanma “Kuygan sochlar” deb nomlanadi va ma’lumotlarga ko‘ra, parfyum ayollar va erkaklar uchun mos keladi. “Yer yuzidagi eng zo‘r xushbo‘y hid”, deb yozgan Ilon Mask ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|