16:27 Ilon Mask minglab odamlarni ishsiz qoldirmoqchi | |
Yaqinda Twitter platformasini sotib olgan amerikalik biznesmen Ilon Mask kompaniya xodimlarining yarmiga yaqinini ishdan bo'shatish niyatida. Manbalarga ko‘ra, Twitter’ning 7,5 ming xodimidan 3,7 mingga yaqini ishdan bo‘shatiladi. Qolgan xodimlar masofadan turib ishlash imkoniyatini yo‘qotadilar. Bunday chora-tadbirlar, manbalarga ko‘ra, xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mask kompaniyani sotib olgach, Twitter direktorlar kengashini ishdan bo‘shatgani ma’lum bo‘lgan edi. Hujjatlar e’lon qilinganidan keyin Ilon Mask kompaniya direktorlar kengashini o‘zi boshqarishini ma’lum qildi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|