19:21 Quduqdagi chaqaloq ilon tufayli qutqarildi | |
Qayd etilishicha, 50 yoshli Prem Raj va uning rafiqasi 48 yoshli Somvati Devi o‘z fermasida ishlayotganida chaqaloq yig‘layotganini eshitgan. Prem qichqiriqlar eshitilgan olti metrli quduqqa tushgan va bolaning yonida ilon borligini ko‘rgan. Odam paydo bo‘lgandan so‘ng yangi tug‘ilgan chaqaloqni qo‘rqitgan sudraluvchi asta-sekin ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Hindistonlik bolani quduqdan olib chiqib, politsiyaga xabar bergan. Uning rafiqasi boshqa qishloqdoshlari bilan birga bolani tez yordam mashinasida kasalxonaga kuzatib qo‘ygan. Shifokorlar unga zarur yordam ko‘rsatgan, shundan so‘ng u xususiy shifoxonaga o‘tkazilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|