18:15 "Barselona" prezidentligiga nomzod Messiga ultimatum qo‘ydi | |
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi yana jamoadan ketish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda Deportes Cuatro xabar berdi. Nashrning yozishicha, futbolchi kataloniyaliklarning hozirgi tarkibi bilan sovrinlar uchun kurashish mumkinligiga amin emas va klubning yana chempion bo‘lishi loyihasi barbod bo‘lishiga ishonmoqda. Qayd etilishicha, Messi klubdagi prezidentlik saylovlaridan so‘ng yakuniy qarorni qabul qiladi. Avvalroq, 7 noyabr kuni "Barselona" prezidentligiga nomzod Antoni Freyksa Messiga ultimatum qo‘ygandi. Ya’ni agar Messi "Barselona"da qolmoqchi bo‘lsa, avvalgidek katta maoshdan voz kechishi kerak. Freyska Leoga maoshi kamayishini ma’lum qildi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|