22:11 Baydenni prezident saylovlaridagi g‘alabasidan mahrum qilishdi | |
«Realclearpolitics» portali Jo Baydenning dastlabki natijalaridan saylovchilarning 20 ta ovozini olib qo‘ydi. Shu sababli AQSh prezidenti saylovlarida ko‘pgina ovozdan mahrum bo'ldi. Resurs saytidagi interaktiv jadvalga ko‘ra, demokratlar partiyasidan nomzodda endi 259 ta ovoz qoldi — g‘alaba qozonish uchun 11 ta ovoz yetmayapti. Baydenning dastlabki natijalaridan Pensilvaniyadagi 20 ta ovoz olib tashlanganidan so‘ng shunday holat yuzaga keldi. Uning raqibi, amaldagi davlat rahbari Donald Tramp esa hozircha 214 ta ovozga ega. Shu tariqa, Pensilvaniya «beqaror» shtatlar deb hisoblanayotgan Arizona, Alyaska, Jorjiiya va Shimoliy Karolina safiga qo‘shildi. Ularda ovoz berish hal etilganicha yo‘q. Ayni vaqtda Pensilvaniyada 97% ovoz hisoblangan, Bayden 49,8% ovoz bilan yetakchilikni saqlab turibdi, Tramp undan 0,7% ovoz ortda qolmoqda. 3-noyabr kuni AQShda prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Bir qator shtatlarda saylov natijalari hanuzgacha noma’lum. Tramp o‘z g‘alabasini e’lon qilib, demokratlarni «ovoz o‘g‘irlashga» urinishda aybladi. Amaldagi prezidentning saylovoldi shtabi ovozlarni qayta hisoblashni talab qilyapti. Shu bilan birga, Amerikaning yetakchi telekanallari hisob-kitoblariga ko‘ra, demokratlardan nomzod Jo Bayden yetakchilik qilmoqda. U allaqachon saylovda g‘olib chiqqanligini e’lon qilishga ham ulgurdi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|