18:14 Bir kunda qancha miqdorda choy ichish mumkin? | |
Salomatlikka hech qanday zarar yetkazmasdan kuniga qancha miqdorda choy ichish mumkin? Ushbu savolga shifokor-endokrinolog Mixail Bogomolov javob berdi. Unga ko‘ra, kattalar salomatlikka umuman zarar yetkazmasdan, kuniga 400 milligrammgacha kofein iste’mol qilishi mumkin. "Ushbu modda nafaqat choy, qahvada, balki kola, energetik ichimliklar, kakao va shokoladda ham mavjud. Shuni hisobga olib, kofeinning kunlik iste’molini hisoblash maqsadida biz kofein birligi jumlasini qo‘llashni lozim topdik. Shunda bir kofein birligi – 100 milligramm kofeinga teng demakdir", deya tushuntirgan Bogomolov. Shunday qilib, me’yorda damlangan bir litr choy tarkibida taxminan bir kofein birligi (100 mg kofein) mavjud. Demak, bunday ichimlikni kuniga to‘rt litrgacha ichishingiz mumkin. Agar choyni me’yorida emas, achchiqqina qilib ichishni lozim topsangiz, dozani shundan kelib chiqib kamaytirib boraverasiz. "Bir so‘z bilan aytganda, choy juda foydali ichimlik. Choy tarkibida juda ko‘p foydali antioksidantlar ham bor", deya so‘zlariga yakun yasagan shifokor.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|