Главная » 2022 » Декабрь » 3 » Neymar Janubiy Koreya bilan oʻyinni oʻtkazib yuborishi mumkin
12:34

Neymar Janubiy Koreya bilan oʻyinni oʻtkazib yuborishi mumkin


Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Janubiy Koreya bilan oʻyingacha JCh-2022 1/8 final uchrashuvida jarohatidan forigʻ boʻlishga ulgurmasligi mumkin.

“Neymar va Aleks Sandroga kelsak, keyingi oʻyinda ularga ishonishimiz uchun hali 72 soat vaqtimiz bor. Bizda hamma narsani sekin qabul qilish va ular safga qatishguncha kutish imkoniyati mavjud.

Ular hali maydonda toʻp bilan ishlashni boshlashmagan. Bu jarayon shanba kuni boshlanadi va ular yuklamalarni qanday yengishlarini koʻrish muhimdir.

Shunga qarab, ularning safga qaytish shartlari oʻzgarishi mumkin, — deydi Braziliya terma jamoasi shifokori Rodrigo Lasmar.

Qayd etish mumkin, Neymar Serbiya terma jamoasi bilan 1-tur uchrashuvida (2:0) jarohat oldi. Hujumchida virusli infeksiya alomatlari ham boʻlgan. Neymar guruh bosqichida Braziliya bilan ikkita oʻyinni oʻtkazib yubordi.

Maʼlumot oʻrnida, Braziliya va Janubiy Koreya terma jamoalari oʻrtasidagi JCh-2022 1/8 final uchrashuvi 5-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.


Manba: "Xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: oʻyinni, mumkin, yuborishi, Janubiy, oʻtkazib, neymar, Koreya, bilan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz