Главная » 2022 » Август » 1 » Bir yil blokda turgan uchta ijtimoiy tarmoqning bandi yechildi
19:43

Bir yil blokda turgan uchta ijtimoiy tarmoqning bandi yechildi


Bugun, 1 avgust kunidan boshlab O‘zbekistonda Twitter, WeChat va Vkontakte ijtimoiy tarmoqlaridan to‘siqlarsiz foydalanish imkoniyati to‘liq tiklanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, TikTok platformasi bilan muzokaralar davom etmoqda, natijalari yuzasidan qo‘shimcha xabar beriladi.

Blokirovkalar rivojlanishga faqat zarar keltiradi", deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston hududida Twitter, TikTok va “VKontakte” cheklangan. O‘zbekiston yuqoridagi kompaniyalarga serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha talabnomalar yuborgan. Shundan so‘ng, 2021 yilning 2 iyulida “Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida”gi qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga cheklov o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, QALAMPIR.UZ “O‘zbekistonda barcha ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi kerak” nomli jurnalistik surishtiruv eʼlon qilgandi.

Unda O‘zbekistonda Telegram, Instagram, WhatsApp, Facebook, istalgan vaqt bloklanishi mumkinligi, Tiktok va Twitter esa allaqachon taqiqlanganlar ro‘yxatida turgani haqida so‘z boradi.

Aytish joizki, ushbu tarmoqlardan ko‘pchiligimiz, hatto, rasmiylar, amaldorlar, taqiqlashga ovoz berganlarning o‘zlari ham VPN orqali foydalanadi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tarmoqning, blokda, uchta, yil, Bir, bandi, ijtimoiy, yechildi, turgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz