Главная » 2020 » Ноябрь » 19 » Bog‘chalar qachon ochilishi ma’lum qilindi
20:52

Bog‘chalar qachon ochilishi ma’lum qilindi


O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari joriy yilning noyabr oyi oxirigacha ish boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ta’kidlanishicha, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ish faoliyatini tashkil etish va bolalarni qabul qilishga ruxsat tuman Sanitariya-epidemiologiya stansiyalari tomonidan beriladi. Ayni vaqtda Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari SES bilan birgalikda Xalq deputatlari Kegashidan ruxsat chiqishini kutayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tiklashga amaliy yordam ko‘rsatmoqda. 

Qayd etilishicha, ayni vaqtda binosida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan yoki xodimlari orasida koronavirus aniqlangan MTTlar faoliyati tiklanmaydi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Sirdaryo viloyatida 20 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati hali tiklanmaydi. Toshkent viloyatida esa 104 ta MTT ta’mirlash ishlari sabab yopiq bo‘ladi.

Toshkent viloyati Olmaliq va Bekobod shaharlaridagi 26 ta maktabgacha ta’lim muassasalari Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Bekobod shahridagi “O‘zmetkombinat” rahbariyatining qaroriga muvofiq hali faoliyati tiklamaydi. 

Vazirlikning qayd etishicha, ayni vaqtda poytaxt Toshkentda 80 ta MTTda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda mamlakatda 5385 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasalari (89%) ishlamoqda, ularda tarbiyalanayotgan bolalar soni 691 271 nafarni tashkil etadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bog‘chalar, ochilishi, ma’lum qilindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz