18:59 Yurak xuruji xavfini ikki marotaba kamaytiradigan oziq-ovqat mahsulotlari ma’lum qilindi | |
Mutaxassislar yurak xuruji xavfini ikki marotaba kamaytiradigan mahsulotlarni ma’lum qilishdi. Bu haqda “Focus” jurnali xabar bermoqda. Unga ko‘ra, pomidor, zaytun moyi va rezavorlar antioksidant ta’siri tufayli xolesterin miqdorini pasaytiradi va yallig‘lanishni ketkazishi bois yurakka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tarkibida to‘yinmagan yog‘li kislotalar mavjud avakado, bodom va yog‘li baliqlar ham yurak uchun foydalidir. Shuningdek, qora shokolad ham yurakka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uning iste’moli qon tomirlarining kalsifikasiyasi xavfini 32 foizga, yurak tomirlari kasalligi xavfini esa 57 foizga kamaytiradi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|