15:17 Kardiologlar yurak yetishmovchiligining belgilarini sanab o‘tishdi | |
Mutaxassislarning fikricha, nafas qisilishi bu yurak yetishmovchiligining birinchi belgisidir. Yurak yetishmovchiligida nafas qisilishi bemorda tez yurish yoki qisqa yugurish paytida paydo bo‘ladi, deb tushuntirdi kardiolog. Yurak yetishmovchiligining yana bir keng tarqalgan alomati shishishdir. Bunday holda, oyoq sohasida bosilganda, terida chuqurliklar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, shishish ko‘pincha yuqori va pastki qovoqlarda uchraydi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ushbu alomatlar bo‘lsa, bemorlar muataxassislarga murojaat qilishlari kerak.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|