11:49 Yurak hurujiga uchragan Kristian Eriksen salomatligi haqida ma’lumot berdi | |
"Inter" va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen Yevro-2020 doirasida Finlyandiyaga qarshi o‘yindagi yurak hurujidan so‘ng ilk bor intervyu berdi.
Ma’lumot uchun, daniyalik futbolchi Yevro-2020 doirasida Daniya-Finlchndiya (0:1) o‘yini paytida yurak hurujiga uchrab, hushini yo‘qotgandi. Futbolchilar va o‘z vaqtida ko‘rsatilgan shifokorlarnig dastlabki yordami sababli uning hayoti saqlab qolingan edi. "Tottenxem" klubining sobiq bosh shifokori Sanjay Sharma esa, Eriksenning sog‘ligida avval nuqson bo‘lmagani va bu holat koronavirus bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, virus yurakda mayda chandiqchalar hosil qiladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|