19:29 Yuragingiz salomatligi qay darajada? | |
Yurak yetishmovchiligiga chalingan bemorlarning uchdan bir qismi o‘z hayotlariga bu kasallik xavf solayotganini taxmin ham qilmaydilar. Sizning hayotingizga yurak yetishmovchiligi xavf solmayaptimi? Tekshirib ko‘ring:
Ortiqcha vaznga egamisiz yoki osonlikcha semirib ketishga moyilligingiz bormi? A) vaznim me’yorda. B) ortiqcha vaznga egaman. 2. Kundalik jismoniy faollikka qancha vaqt ajratasiz? A) Hech bo‘lmaganda 30 daqiqa. B) Seriallar ko‘rishni afzal bilaman. 3. Parhezingiz yetarlicha foydalimi? Mevalar: kuniga 2 yoki undan ortiq. Bodom: haftasiga hech bo‘lmaganda yarim stakan (boshqa yong‘oqlar bilan almashtirish mumkin). Sabzavotlar: kuniga 2-3 xili (kartoshkani hisobga qo‘shmang). Yog‘lar: o‘simlik va tozalanmagan yog‘lar. Go‘sht: haftasiga 300 gr. (go‘sht mahsulotlari bilan birgalikda). Baliq: haftasiga 200 grammdan kam bo‘lmagan miqdorda. Don mahsulotlari: kuniga 100 grammdan kam bo‘lmagan miqdorda. Dukkaklilar: haftasiga yarim stakandan kam bo‘lmasligi kerak. Natija A) 5 va undan ko‘p savollarga «ha» deb javob bergan bo‘lsangiz: Sport bilan shug‘ullanuvchi, ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qiladigan ayollarning yuragi noxosdan to‘xtab qolishdan muhofazalangan. B) 4 va undan oziga «ha» deb javob bergan bo‘lsangiz: Zararli odatlarni o‘ziga odat qilgan ayollarga nisbatan faol hayot tarzi kechiruvchi ayollarda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish xavfi kam. FAYRUZA tayyorladi
Manba: "darakchi.uz"
| |
|