17:59 Shifokor koronavirusni yuqtirish xavfini kamaytirish yo‘lini aytdi | |
Rossiyalik shifokor-infeksionist Yevgeniy Timakovning so‘zlariga ko‘ra, oila a’zolaridan faqat bittasini emlash ular orasida koronavirusga chalinish ehtimolini uch baravar kamaytirishi mumkin. «RIA Novosti» agentligiga bergan intervyusida u buni emlangan odamdan virus ajralishining kamayishi bilan izohlagan.
Timakovning qo‘shimcha qilishicha, emlangan odam ajratadigan virusning faolligi kam bo‘ladi va organizmda mutatsiyaga uchramaydi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|