16:58 Buyuk Britaniyada odamlarga qasddan koronavirus yuqtirish boshlandi | |
Buyuk Britaniyada ko‘ngillilarga koronavirusni qasddan yuqtirishni nazarda tutuvchi tibbiy tadqiqot boshlandi. Bu haqda DW xabar berdi. Bu odamlarga qasddan COVID-19 yuqtiriladigan birinchi tadqiqotdir. Britaniya SSV ma’lumotiga ko‘ra, uning maqsadi COVID-19 ga qarshi vaksinani tayyorlash va ishlab chiqarish hamda uni davolash metodlarini tezlashtirishdan iborat. Ko‘ngillilarning birinchi guruhi bilan koronavirusning xarakterini o‘rganyotgan Royal Free Hospital klinikasi shug‘ullanyapti. Avvallari gripp va bezgakka qarshi vaksina ishlab chiqish uchun sog‘lom ko‘ngillilarga virus yuqtirish holatlari kuzatilgan. Tadqiqot uchun COVID-19 asoratlari minimal darajada bo‘ladigan yosh va sog‘lom ko‘ngillilar tanlab olingan. Ularga virusning eng kam miqdori yuboriladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|