09:11 Shifokor Marjonbuloq oltin koni ishchisiga «SOVID-19» tashxisini qo‘yib berdi | |
Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax viloyati G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasi shifokori T.T. ning tashxis ma’lumotnomasini qalbakilashtirganligini aniqladilar. Ayon bo‘lishicha, shifokor tumanning G‘o‘bdin qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining janubiy kon boshqarmasiga qarashli Marjonbuloq konida ishlovchi S.T.ga hech qayerda ro‘yxatga olinmagan mehnatga layoqatsizlik varaqalariga «SOVID-19» infeksiyasi bilan kasallanishning o‘rtacha og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan «tibbiy hujjat»ni taqdim etgan. Tashxisni qalbakilashtirish evaziga shifokor 1 million so‘m «haq» olgan. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|