14:04 Bred Pitt va Anjelina Joli yarashdi | |
Gollivudning eng go‘zal juftliklaridan biri bo‘lgan Bred Pitt va Anjelina Joli o‘tgan yili ajrashgan edi, ammo ular endi yarashib, bir-biri bilan gaplashmoqda, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri. Nashrning xabar berishicha, aktyorlar do‘stona munosabatda bo‘lishga qaror qilishgan. Sobiq er-xotinlar farzandlariga oilaviy korxonani taqdim etishni ko‘zda tutishmoqda. Ajrim jarayonidagi janjal-to‘polonlardan charchagan Bred Pitt endi o‘zini baxtiyor his etmoqda. G‘iybat qilishdan erinmagan odam borki, ularning ajrim jarayonini muhokama qilishdan charchamadi. Juftlik uchun og‘ir damlar ortda qoldi. Eslatib o‘tamiz, Anjelina Joli va Bred Pitt qariyb 10 yil birga yashashdi. 2014 yilda munosabatlarini rasmiylashtirishdi. Ularning uch farzandi bo‘lishiga qaramay, yana uchta bola asrab olishgan. 2016 yilning 19 sentabr kuni Anjelina Joli ajrashish uchun sudga ariza berib, Bredni farzandlariga nisbatan zo‘ravonlikda ayblagan edi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|