Главная » 2017»Июнь»26 » Anjelina Joli va Sharliz Teron bir-biriga “urush” e’lon qildi
18:07
Anjelina Joli va Sharliz Teron bir-biriga “urush” e’lon qildi
Bred Pitt bilan ajrashgandan so‘ng o‘zini ancha yaxshi his eta boshlagan Anjelina Joli endi Sharliz Teronga qarshi “urush” ochmoqchi.
Xorijiy OAVning xabar berishicha, har ikki aktrisa “Frankenshteyn kelini” filmining bosh roliga da’vogarlik qilmoqda. Avvaliga film ijodkorlari bosh rolga Anjelina Jolini taklif qilishgan edi, biroq endi bu rol uchun Sharliz Teron ham “kurashayotgan” ko‘rinadi.
Ma’lum bo‘lishicha, film uchun yozilgan ssenariy Joli bilan bir qatorda Sharliz Teronga ham jo‘natilgan. Ammo Sharliz bu haqda hali lom-lim deganicha yo‘q. Albatta, film prodyuserlari bosh rolda Anjelinani ko‘rishni istashadi, ammo u rad etsa-chi?
Shu bois, tavakkal qilishni istamagan prodyuserlar Sharliz Teronni ham boy bergilari yo‘q. Bunday noxush holatlar Teronga yoqmasligi aniq, Anjelina esa bosh rol ijrosi bo‘yicha hali ham aniq bir to‘xtamga kelmagan. Qiziq, nima uchun har ikki aktrisa jim. Axir film uchun 20 million dollar taklif etilmoqda!
Mish-mishlarga qaraganda, Anjelina raqobatchisi bo‘lgan aktrisa Teronning asabiga tegish uchun atayin o‘z javobini orqaga surmoqda. “Urush” nima bilan tugashini esa yaqin kunlarda bilib olamiz.