08:35 FIFA yilning eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi | |
FIFA tomonidan yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi – The Best-2020 o‘tkazildi. Unga ko‘ra, Polsha terma jamoasi va «Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovski yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U o‘tgan mavsumda o‘z jamoasi bilan 5 sovrinni qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasi, Bundesliga va Germaniya kubogida to‘purar bo‘ldi. The Best-2020 sovrini uchun u «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» yetakchisi Lionel Messi bilan kurash olib borgandi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|