19:42 FIFA “Mashʼal”ga taqiq qo‘ydi | |
Joriy yilning 11 aprel kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi Muborakning “Mashʼal” futbol klubi va uning nigeriyalik sobiq futbolchisi Ifeanyi Ifeanyi o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi. Qarorga ko‘ra, “Mashʼal” futbol klubiga Ifeanyi oldidagi qarzdorlik va jarima to‘lovlarini 45 kun mobaynida to‘lash majburiyati yuklatilgan. Agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi taʼminlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘yilishi haqida ogohlantirish berilgan edi. Biroq klub bu borada xabardor etilgan bo‘lsa-da, ushbu nizoli vaziyatni hamon hal etmagan. Shu munosabat bilan, FIFA bugun, 10 avgustdan eʼtiboran “Mashʼal” futbol klubiga nisbatan transfer taqiqi joriy etdi. Maʼlumot uchun, Pro liganing ortda qolgan 14 ta turidan so‘ng, 27 ochko to‘plagan muborakliklar musobaqa jadvalining 3-o‘rinidan joy olgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|