Главная » 2022 » Август » 30 » Shahrisabzda 44 yoshli musiqa o‘qituvchisi keksa otaxonni pichoqlab qo‘ydi
18:15

Shahrisabzda 44 yoshli musiqa o‘qituvchisi keksa otaxonni pichoqlab qo‘ydi


Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida musiqa fani o‘qituvchisi keksa yoshli otaxonni pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda “Daryo”ga tuman IIB mas’ul xodimi xabar berdi.

Ma’lumot berilishicha, mazkur masala viloyat IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Atanazarov ishtirokida muhokama qilingan.

“Xalqimizda ko‘zingni chiqmay qo‘riqla degan gap bor. Biz mana shu gapning mazmun mohiyatini unutib qo‘ydik. Arzimas gap talashuvda ham pichoq ishlatayapmiz. Bu esa barchamizga qimmatga tushmoqda”, — deydi Xurshid Atanazarov mazkur masala muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda.

Muhokamada so‘z olganlar o‘qituvchi boshqa insonlarga o‘rnak bo‘lishi lozimligi haqida gapirib, mazkur voqa mahalla aholisini hayratga solganini yashirmadi.

Mas’ullarning ma’lumot berishicha, 2022-yil 23-avgust kuni soat 20:00 larda Shahrisabz tumanining “Qo‘shchinor” mahallasida yashovchi 62 yoshli otaxon M.N. qishloqdagi lalmi yer maydoniga suv quyish ishlari bilan ovora bo‘lib turganda 44 yoshli o‘qituvchi S.N. mast holda shu dalaga kelib, sigirini qo‘shnisining dalasiga boqmoqchiligini aytgan hamda otaxon bilan tortishib qolgan.
 

“Janjal vaqtida dastlab otaxon qo‘lidagi ketmon bilan o‘qituvchinining chap qo‘l bilak sohasiga bir marta urgan. Bundan jahli chiqqan o‘qituvchi o‘zi bilan birga mollarining ipini kesishda foydalanish uchun olib kelgan yelim dastali oshxona pichog‘ini otaxonning chap tomon qorin qismiga bir marta sanchib olgan. Janjal natijasida otaxon va o‘qituvchi tan jarohati olgan. Shunga qaramay ular uyiga qaytgan. Uyga borgach, otaxonning tobi qochgan. Akasi esa tez yordam chaqirgan. Tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan malakali tibbiy yordam natijasida otaxonning hayoti saqlab qolingan”, — deydi IIB xodimi.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘qituvchi ushlangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Musiqa, otaxonni, Shahrisabzda, qo‘ydi, 44, yoshli, o‘qituvchisi, pichoqlab, keksa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz