14:40 Bu yil OTMga test sinovlari muddatlari o‘zgardimi? | |
Bugun AOKA anjumanlar zalida ta’lim sohasiga oid eng so‘nggi yangiliklar yuzasidan onlayn-brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat test markazi direktori Majid Karimov muhim savol va murojaatlarga javob qaytardi. – Bu yil OTMga test sinovlari muddatlari o‘zgardimi? – Yo‘q. Kirish test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi belgilangan. Test sinovi o‘tkaziladigan binolar hududida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilinadi. – Bu yildan test sinovlari 5 ta fandan o‘tkazilishi e’lon qilingan edi, karantin munosabati bilan o‘zgartirishlar bormi? – Test sinovlarini soddalashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmoqda. Bu masalada qabul qilingan qarorlar tez kunlarda Davlat test markazining saytida va ommaviy axborot vositalarda ham e’lon qilinadi. – Bu yili abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni qanday bo‘ladi? – Bu borada ushbu tartiblar ko‘rib chiqilmoqda:
– Harbiy tavsiyanomalardan bu yil ham foydalansa bo‘ladimi? – Tavsiyanomalar ular berilgan sanadan boshlab, uch yil mobaynida amal qiladi. – Test topshiriqlari qanday soddalashtiriladi? – Har bir variantda qo‘llaniladigan birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari soni o‘rtacha 10 tagacha yetkazilmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|