09:07 Rasman: OTMga o‘qishga kirish uchun hujjatlar 20 iyundan topshiriladi | |
Abituriyentlardan hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda. Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda – Davlat xizmatlari markazlari orqali. barcha hududlarda: • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali • Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali. Eslatib o‘tamiz, avvalroq oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlar topshirilish 15 iyundan 15 iyulgacha o‘tkazish rejalashtirilgandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|