12:45 Rasman: Mahmud Murodov UFC 280 da jang qiladi | |
Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan musobaqada Murodovga braziliyalik Kayo Borralyo (12-1) raqiblik qiladi. Bu haqda UFC matbuot xizmati ma’lum qildi. UFC 280 turniri 22-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning asosiy jangi yengil vazn toifasi vakillari Islom Maxachev va Charlz Oliveyra o‘rtasida kechadi. O‘ta yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Pyotr Yan ham ushbu turnirda amerikalik Shon O’Melliga qarshi oktagonga chiqadi. Shuningdek, MMA jangchisi Zubayra Tuxugov Lukas Almeydaga qarshi jang qiladi. Avvalroq Mahmudning Parij shahrida o‘tkaziladigan UFC Fight Night musobaqasidagi Abusufyon Magomedovga qarshi jangi bekor qilingani xabar qilingandi. Eslatib o‘tamiz, Murodov oxirgi jangini 2021-yilning avgust oyida Jerald Mirshertga (33-14) qarshi o‘tkazib, UFC’dagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi. Ma’lumot uchun, Murodov UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (13-5) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smit (15-10), uchinchisida esa Endyu Sanchesni (12-6) nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|