16:21 Maktablarda dars tonggi 5 da boshlanishga chaqirildi | |
Qayd etilishicha, Gubernator Viktor Layskodat boshchiligidagi provinsiya ma’muriyati Kupang viloyati markazidagi davlat o‘rta maktablarida dars vaqtini ertalab soat 5:00 da boshlash majburiyatini olgan yangi ta’lim siyosatini amalga oshirdi. Unga ko‘ra, bu o‘quvchilarda kurashuvchanlik xarakterini shakllantiradi. “Ular soat 22:00 da uxlab, ertalab soat 4:00 da uyg‘onishlari mumkin. Olti soat uxlash kifoya. 30 daqiqa yuvinishga, maktabga kelishi uchun esa 30 daqiqa ajratiladi. Shu tariqa o‘quvchilar ertalab soat 5 da maktabda bo‘lishlari mumkin. Buni amalga oshirishning asosiy sabablaridan biri o‘quvchilarimizni intizomli qilishdir”, deydi gubernator Viktor. Provinsiyaning Ombudsman idorasi Viktorni siyosatni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi, chunki darslar boshlanishini ertalabki 7:15 dan ertalabki 5:00 ga o‘tkazishdan hech kim naf ko‘rmaydi. “Men ushbu siyosat maktab qo‘mitalari va ota-onalar bilan yana muhokama qilinishini so‘rayman”, dedi Ombudsman rahbari Darius Beda Daton.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|